"Barselona"ning joriy mavsumdagi maqsadlari nima? Levandovski javob berdi

"Barselona" markaziy hujumchisi Robert Levandovski klubning yangi mavsumdagi maqsadlari haqidagi savolga javob berdi.
"Biz barcha sovrinlarni ko'zlab harakat qilamiz. Chempionlar Ligasida doim ko'p omillar muhim: ozgina omad, futbolchilarning jarohatlanmasligi... Mavsum oxirigacha kuchimizni saqlab qolishimiz kerak", - dedi 36 yoshli polyak klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.