"Barselona"ning 8 nafar futbolchisi yangi mavsum oldidan ro'yxatdan o'tkazilmagan

"Barselona" mavsum boshlanishidan oldin hali 8 nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkazmagan.
La Ligada 2025/26 yilgi mavsum kelasi juma, 15 avgust kuni start oladi.
Kataloniyaliklar ilk o'yinini 16 avgust kuni "Malorka"ga qarshi o'tkazadi.
Ayni damda jamoaning 8 nafar futbolchisi turli sabablarga ko'ra ushbu o'yinda ishtirok eta olmaydi, deb xabar beradi Marca.
Ular orasida: Joan Garsiya, Voytsex Shesni, Jerar Martin, Ektor Fort, Mark Bernal, Markus Reshford, Runi Bardji va Oriol Romeu bor.