"Barselona" futbolchilardan biri bilan mehnat shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" himoyachi Jyul Kunde bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi. Kataloniya klubining 26 yoshli frantsiyalik futbolchi vakili bilan so'nggi aloqalar ijobiy bo'ldi va kelishuvga erishish uchun ko'p vaqt kerak emas.

Kunde Xans-Diter Flik va "Barselona" murabbiylar shtabining to'liq ishonchiga ega. Futbolchi "ko'k-anorranglilar" safida o'ynashda davom etmoqchi.

"Barselona" safida Jyul Kunde jami 141 ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga ettita gol va 18 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.