«Barselona» mashhur hujumchi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Turinning "Yuventus" klubiga tegishli bo'lgan serbiyalik markaziy hujumchi Dushan Vlaxovich yozgi transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Transfer News Live xabariga ko'ra, hujumchida Ispaniya chempionatining top-klublaridan biriga o'tish varianti bor. Dushan transferiga Kataloniyaning "Barselona" klubi qiziqish bildirmoqda. "Keksa sinora" esa o'z navbatida futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.
25 yoshli goleadorning Italiya klubi bilan shartnomasi kelasi yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi. Transfermarkt portali ekspertlari Vlaxovichning bozor narxini 35 million evroga baholamoqda.