Kataloniyaning "Barselona" klubi markaziy hujumchisi Pau Viktor yozda jamoadan ketishi mumkin.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "Barselona" 23 yoshli hujumchisini 10 million evroga sotib yuborishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

Viktor 2024 yil yozida "Jirona"dan 2,7 million evroga sotib olingandi. Uning shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.