"Liverpul" hujumchisi Luis Dias katta ehtimol bilan "Barselona"ga o'tmaydi.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, kataloniyaliklar 28 yoshli kolumbiyalik vinger bo'yicha mersisaydliklar bilan barcha muzokaralarni to'xtatdi.

Katta ehtimol bilan "ko'k-anorranglilar" endi barcha e'tiborini "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordni qo'lga kiritishga qaratadi.