"Barselona" hujumchi Pau Viktorni "Braga"ga sotmoqda. Portugaliya klubi transferning barcha shartlarini kelishib olgan: ma'lumotlarga ko'ra, bitim qiymati bonuslarni hisobga olmaganda 12 mln evroni tashkil qiladi. Diario Sport nashrining ma'lum qilishicha, 23 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi yaqin soatlarda e'lon qilinadi.

Pau Viktor "ko'k-anorranglilar"ning asosiy jamoasi safida 29 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. O'tgan yozda "Barsa" hujumchini "Jirona"dan 2,7 mln evroga sotib olgan edi.

Portugaliya chempionatining o'tgan mavsumida "Braga" o'zi uchun odatiy bo'lgan to'rtinchi o'rinni egalladi.