Pau Viktor "Barselona"ni tark etadi.

23 yoshli hujumchi "Braga"ga o'tishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda The Athletic. Ushbu transfer Kataloniya klubiga 12 million evro keltiradi, shuningdek, 3 million evro miqdorida bonus to'lovlari ham ko'zda tutilgan.

Viktor 2024/25 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 29 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan.