"Barselona" hujumchisi Pau Viktor faoliyatini Portugaliyaning "Braga" jamoasida davom ettirishga yaqin turibdi.

23 yoshli ispaniyalik forvard transferining so'nggi detallarini hal qilish uchun hozirda Portugaliyada bo'lib turibdi. U jamoa bilan Osiyo turnesiga bormagan.

Viktorning "Braga"ga transferidan "ko'k-anorranglilar" 12+3 million evro foyda olishi kutilmoqda.