"Barselona" hujumchisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin edi

"Barselona" hujumchisi Ferran Torres faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin edi.
"Tottenxem" va "Nyukasl" 25 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirishdi - ikkala klub ham ispaniyalik uchun 50 million evro to'lashga tayyorligini bildirdi, deb xabar beradi Fichajes.
"Ko'k-anorranglilar" takliflarni rad etishdi va futbolchi sotilmasligini aniq aytishdi.