"Barselona" himoyachisini Angliyaga sotishi mumkin

Kataloniyaning "Barselona" klubi 19 yoshli himoyachisi Ektor Fort Angliya Premer-ligasi klubiga o'tishi mumkin. Gap Birmingemning "Aston Villa" klubi haqida ketmoqda.
Jurnalist Matteo Morettoning xabar berishicha, ingliz klubi vakillari himoyachining agentlari bilan ehtimoliy bitim borasida muzokaraga kirishgan. Agar tomonlar kelishib olsa, u holda transfer yaqin bir necha kun ichida rasmiylashtirilishi mumkin. Uning bozor narxi o'n million evroni tashkil etadi.
Fort o'tgan mavsum "ko'k-anorranglilar" safida 21 ta uchrashuv o'tkazgan. Himoyachi "ko'k-anorranglilar" bilan 2026 yilning yarmigacha shartnoma majburiyatlari bilan bog'langan.