"Barselona" himoyachisi jamoani tark etishi mumkin

Tez orada himoyachi Inigo Martines "Barselona"ni tark etishi mumkin.
Jurnalist Matteo Morettoning ijtimoiy tarmoqdagi qisqa postida xabar berishicha, Inigo Martines Kataloniya klubini tark etishga yaqin turibdi.
34 yoshli Martinesga "An-Nasr" qiziqish bildirmoqda. Tomonlar o'rtasida muzokaralar jarayoni davom etmoqda.