Kataloniyaning "Barselona" klubi yosh o'ng qanot himoyachisi Ektor Fort klubni tark etishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" 18 yoshli futbolchini muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun ijaraga berib yubormoqchi.

Fortning klub bilan 2026 yil yozigacha mo'ljallangan shartnomasi bor. Transfermarkt uni 10 million evroga baholamoqda.