"Barselona" himoyachilari uchun yaxshi taklif bo'lsa, ularni qabul qiladi

Kataloniyaning "Barselona" klubi yoz oxirigacha bir nechta himoyachisi bilan xayrlashishi mumkin.
SER nashr xabariga ko'ra, kataloniyaliklar Andreas Kristensen, Ronald Arauxo va Ektor Fort bo'yicha takliflarga ochiq.
"Ko'k-anorranglilar" futbolchilaridan birini sotib, La Ligada Markus Reshford, Joan Garsiya va Voytsex Shesnini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin.