"Barselona" FIFA va NBAni ortda qoldirdi

"Barselona" YouTube sahifasi obunachilari soni bo'yicha rekord o'rnatdi.
"Ko'k-anorranglilar"ning mashhur videoplatformadagi obunachilari soni 23,8 millionga etdi. Bu butun boshli FIFA (23,6 mln) va NBAdan (23,3 mln) ko'p.
Bu borada kataloniyaliklarning asosiy raqibi "Real"da 18,1 million obunachi bor.