"Barselona" "PSJ" vingeri Dezire Dueni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Ma'lum bo'lishicha, bir necha oydan so'ng Kataloniya klubi Duening transferini ko'zlagan holda yangi loyihaga start beradi.

"Ko'k-anorranglilar" hujum chizig'ida Due va Lamin Yamal duetini yaratib, Evropa futbolida gegemonlik o'rnatmoqchi.