Kataloniyaning "Barselona" klubida bugun yangi mavsumda jamoada sardor bo'ladigan futbolchilar aniqlanadi.

Sport nashri xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" futbolchilari bugungi mashg'ulotlar oldidan ovoz berish orqali o'z sardorlarini tanlaydi.

Avvalroq, klub rahbariyati Mark-Andre ter Shtegen La Ligaga yuboriladigan tibbiy xulosaga qo'l qo'yishdan bosh tortgani uchun undan sardorlik bog'ichini olib qo'ygani ma'lum bo'lgandi.