"Barselona" 10-raqamni Yamalga berdi (foto+video)

Lamin Yamal "Barselona"da 10-raqamli futbolkaga ega bo'ldi.
Bu haqda Kataloniya klubi rasman ma'lum qildi. Bungacha vinger 19-raqam ostida o'ynagandi.
"Barselona"dagi 10-raqamli futbolka turli vaqtlarda Lionel Messi, Ronaldino, Rivaldo, Romario va Diego Maradona kabi futbolchilarga tegishli bo'lgan. Uni oxirgi marta Ansu Fati kiygan edi.
