Yarim himoyachi Dani Olmo "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flikka jamoadagi ikkinchi darajali roli uni qoniqtirmasligini bildirdi. Bu haqda El Nacional xabar berdi.

Manbaga ko'ra, yarim himoyachi raqobat kuchli ekanini tushunadi, ammo u jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylanishga bel bog'lagan.

Ispaniya La Ligasining 1-turida "Barselona" safarda "Malorka"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Dani Olmo tanaffusda zaxiradan maydonga tushdi va ikkinchi bo'limni to'liq o'tkazdi.

"Barselona" navbatdagi o'yinini 23 avgust kuni safarda "Levante"ga qarshi o'tkazadi.