Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Pablo Torre tez orada "Malorka" futbolchisiga aylanadi.

Kataloniyaliklar 22 yoshli ispaniyalik futbolchini transferni tezroq yakunlash uchun jamoaning yangi mavsum oldidan mashg'ulotlariga kelmaslikka ruxsat berdi.

"Ko'k-anorranglilar" Torrening sotuvidan taxminan 5 million evro ishlab oladi.