"Barsa" vitse-prezidenti "An-Nasr"da ish boshlashi kutilmoqda

Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi "Barselona" vitse-prezidenti Rafa Yusteni klubga bosh direktor sifatida olib kelmoqchi.
Xabarlarga ko'ra, riyodliklar funktsioner bilan payshanba kuni muzokaralar o'tkazgan va u hali davom etadi.
Agarda "Nasr" muzokaralarda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, "Al-Ahli" Yusteni o'z jamoasiga bosh direktor etib tayinlashga tayyor.