"Barsa" va de Yong kelishuvni tezroq yakunlash niyatida

"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong tez orada kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.
Fabritsio Romano xabariga ko'ra, hozirda ikki tomon ham muzokaralarni davom ettirmoqda. 28 yoshli niderlandiyalik futbolchi ham, klub ham 2026 yilda yakunlanadigan amaldagi shartnomani tezroq uzaytirish niyatida.
Transfermarkt portalida hozirda de Yong 45 million evroga baholanmoqda.