Germaniyalik darvozabon Mark-Andre ter Shtegen "Barselona"ni tark etishni istamayapti.

Xabarlarga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" 33 yoshli nemisga bu borada bosim o'tkazmaydi, ammo darvozabonlar duetini Joan Garsiya va Voytsex Shesni tashkil etishini aytadi.

Ter Shtegen bugun klubdagi kelajagi bo'yicha Xans-Diter Flik bilan gaplashishi kutilmoqda.