Markus Reshford "Barselona" safida "Malorka"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.

27 yoshli forvard La Liga tomonidan rasman ro'yxatga olindi va "Barselona"ning mavsum uchun qaydnomasiga kiritildi.

Reshford chempionatning 1-turidan o'rin olgan "Malorka"ga qarshi 16 avgust kuni bo'lib o'tadigan o'yinda ishtirok etishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, yozda "Barsa" Reshfordni "Manchester Yunayted"dan ijaraga olgan edi.