"Barsa" rahbariyati Reshfordning jamoa muhitiga salbiy ta'siridan xavotirda

"Barselona" rahbariyati Markus Reshfordning kelishi kiyinish xonasidagi muhitga salbiy ta'sir ko'rsatishidan xavotirda.
Kataloniyaliklar inglizni "Manchester Yunayted"dan keyinchalik sotib olish imkoniyati bilan ijaraga oldi. Jurnalist Karles Fitening yozishicha, "ko'k-anorranglilar" bosslari yangi kelgan futbolchi jamoa ichidagi dinamikani buzishi va keskinlikni yuzaga keltirishidan qo'rqishmoqda.
O'tgan mavsum davomida "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim Reshfordga ochiqchasiga e'tiroz bildirgan, jurnalistlarga ba'zida u kerakli darajada jonbozlik ko'rsatmayotganini bildirgandi.
O'tgan mavsumning ikkinchi yarmini 27 yoshli vinger "Aston Villa"da o'tkazdi.