"Barsa"ning yangi transferi bugun Kataloniyaga uchib keladi

"Kopengagen" qanot vingeri Runi Bardji "Barselona"ga o'tishga yaqin turibdi.
Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, 19 yoshli futbolchi "ko'k-anorranglilar" safiga o'tishidan oldin tibbiy ko'rikdan o'tish uchun bugun Kataloniya poytaxtiga uchib keladi. "Barselona" futbolchini 2,5 mln evro va kelajakdagi ehtimoliy qayta sotuvning 15 foizi evaziga sotib oladi.
O'tgan mavsumda Barji Daniya chempionatida og'ir jarohati tufayli atigi 5 ta o'yinda maydonga tushdi va samarali harakat qilmadi.