"Barsa"ning yana bir himoyachisini klubdan ketishni istamayapti

"Barselona" joriy transfer oynasida o'ng qanot himoyachisi Ektor Fort bilan xayrlashishga tayyor.
Kataloniya grandi 18 yoshli futbolchini sotuvga qo'ymoqchi, biroq u ketmoqchi emas, deya xabar bermoqda Diario Sport. Yosh lateral doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lmasa-da, qolishni afzal ko'radi.
Ektor Fortning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yili yakuniga etadi va uning mashhur Transfermarkt saytidagi narxi 10 mln evroni tashkil etadi. O'tgan mavsumda ispaniyalik futbolchi Xans-Diter Flik jamoasi safida barcha musobaqalarda 20 ta o'yinda maydonga tushib, samarali harakat qilmagan.