"Barsa" "Manchester Yunayted"ga Reshfordni sotib olmasa, jarima to'lamaydi

"Barselona" Markus Reshfordni sotib olmasa, "MYu"ga jarima to'lamaydi.
27 yoshli forvard kataloniyaliklar tomonidan mankunianliklardan 2025/26 yilgi mavsum uchun ijaraga olingan va keyinchalik 30 mln evroga sotib olinishi mumkin.
Ma'lum bo'lishicha, Markus "Barselona"da bir mavsumda soliqlardan tashqari 14 mln evro ishlab topadi. U ushbu transfer uchun maoshini kamaytirishga rozi bo'ldi.
The Athletic xabariga ko'ra, OAVdagi mish-mishlardan farqli o'laroq, shartnomada "Barselona" futbolchini sotib olish bandini faollashtirmaslikka qaror qilsa, 5 million evro jarima to'lash bandi yo'q.