"Barsa" "Kamp Nou"ga chim yotqizishni boshladi (foto)

"Barselona" "Kamp Nou" stadionida chim yotqizishni boshladi.
Kataloniya klubi La Liga 4-turidan o'rin olgan "Valensiya"ga qarshi mavsumning ilk uy o'yinida, 14 sentyabr kuni qayta rekonstruktsiya qilingan arenada maydonga tushishni rejalashtirmoqda. "Ko'k-anorranglilar" dastlabki uchta o'yinni safarda o'tkazadi.
"Barselona" allaqachon "Kamp Nou"ni qurilish me'yorlari bo'yicha foydalanishga topshirishga ruxsat olgan. Endi muxlislarni kiritish uchun litsenziya olish qoldi.
