"Barsa" hujumchisi takliflarni tinglashni ham istamayapti

"Barselona" hujumchisi Ferran Torresga Angliyaning "Aston Villa" klubi jiddiy qiziqish bildirgan edi. Bu haqda Sport nashri yozdi.
Manbaga ko'ra, birmingemliklar 25 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun "ko'k-anorranglilar" talab qilgan 50 million evroni ham to'lashga tayyor edi, biroq Ferranning o'zi jamoada baxtli ekanligini va boshqa erga ketmoqchi emasligini ochiq aytgan.
Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil yozida yakunlanadi. Transfermarkt hozirda Ferranni 40 million evroga baholamoqda.