"Barselona" hozircha "Manchester Yunayted" vingeri Markus Reshford transferi borasida bir qarorga kelgani yo'q.

27 yoshli futbolchi "ko'k-anorranglilar" safiga o'tishni orzu qilmoqda, "qizil iblislar" rahbariyati esa yozda u bilan xayrlashishga umid qilmoqda. Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, "Barselona" Reshford masalasida hali yakuniy qarorga kelmagan. Hozircha klublar o'rtasida muzokaralar olib borilmagan. Hammasi Ispaniya chempionlarining ichki qaroriga bog'liq bo'ladi - ular jamoaga aynan qaysi vinger kerakligini hal qilishlari kerak bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" vakili Luis Diasga ham "Barselona" qiziqish bildirmoqda.