"Barsa" futbolchisi asosiy jamoada ro'yxatdan o'tkaziladi va yangi raqam oladi

"Barselona" tarbiyalanuvchisi Jerar Martin yangi mavsumda Ligada asosiy jamoa futbolchisi sifatida ro'yxatdan o'tkaziladi.
Sport nashri xabariga ko'ra, 23 yoshli futbolchi yangi mavsumni 18-raqam ostida o'tkazadi. U o'tgan mavsumda 35-raqamda harakat qilgandi.
Jerar Martin "ko'k-anorranglilar" asosiy jamoasi safida jami 42 ta o'yinda 1 ta gol urib, 6 ta golli pas bergan.