Kataloniyaning "Barselona" klubi darvozaboni Inyaki Penya yozda klubini o'zgartirishi mumkin.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, 26 yoshli ispaniyalik golkiper xizmatlariga "Selta Vigo" jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Hozirda Transfermarkt tomonidan 8 million evroga baholanayotgan Penya "Barselona"da hattoki ikkinchi darvozabon bo'lmagani uchun klubni tark etishga ochiq.