"Barselona" darvozaboni Inyaki Penya katta ehtimol bilan yoz oxirigacha jamoani tark etadi.

Xabarlarga ko'ra, "Komo" Penyani jalb qilish uchun eng asosiy variant hisoblanadi va u bo'yicha allaqachon ijara taklifini yuborgan.

"Selta" ham ispaniyalik golkiperni o'z safiga qo'shib olishni o'ylamoqda va u bo'yicha taklif tayyorlamoqda.

Penya ko'p o'yin daqiqalari oladigan jamoaga o'tmoqchi.