"Barselona" darvozaboni Voytsex Shesnining hozirgi holati haqida ma'lumot paydo bo'ldi.

Marca xabariga ko'ra, agar "ko'k-anorranglilar" Inyaki Penya va Oriol Romeu bilan xayrlashsa, polshalik darvozabon "Barselona"ning joriy mavsumdagi tarkibiga kiritilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, avvalroq “Barselona” Mark-Andre ter Shtegenning jarohati tufayli Joan Garsiya va Markus Reshfordni muvaffaqiyatli ro'yxatdan o'tkazgan edi.

23 avgust kuni Xans-Diter Flik shogirdlari Ispaniya chempionati 2-turi doirasida “Levante”ga qarshi safarda maydonga tushishadi.