"Barsa" asosiy himoyachisi jamoa bilan shartnomasini bekor qiladi va "An-Nasr"ga o'tadi

Inigo Martines "Barselona"dan "An-Nasr"ga o'tmoqda.
Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, himoyachi "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomani bekor qiladi va erkin agent sifatida "An-Nasr" safiga borib qo'shiladi.
Inigo Saudiya klubi bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.
La Liganing o'tgan mavsumida 34 yoshli ispaniyalik 28 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta golga assistentlik qilgan.