«Barsa» 19 yoshli vingerni sotib oldi (Fabritsio Romano)

Runi Bardji "Barselona" bilan shartnoma imzoladi.
Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, "Kopengagen"ning 19 yoshli vingeri 2 mln evro evaziga Kataloniya klubiga o'tishi allaqachon rasmiylashtirilgan va futbolchi 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekkan. Transfer haqidagi rasmiy xabar yaqin kunlarda e'lon qilinishi kutilmoqda.
Shvetsiya yoshlar terma jamoasi futbolchisi bolaligidan "Barsa"ga muxlislik qilgani uchun "Malorka" va "Portu" takliflarini rad etdi.
2024/25 yilgi mavsumda Bardji Daniya oliy ligasida xochsimon bog'lamining yorilishi tufayli atigi 5 ta o'yin o'tkazdi, 2023/24 yilgi mavsumda u 23 ta o'yinda 7 ta gol urgan.