«Baniyas» Akmal Mozgovoyning transferini o'ziga xos uslubda e'lon qildi (video)

O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy Birlashgan Arab Amirliklarining «Baniyas» klubi bilan shartnoma imzoladi.
Abu-Dabiliklarning «Nasaf» a'zosining transferini o'ziga quyidagicha e'lon qilishdi:
"O'zbekistonlik futbolchi Akmal Mozgovoy «Baniyas»ga etib kelganini e'lon qilamiz. U – muvozanat va tezlik timsoli, "Samoviylar" esa uning uyi va joyi".
✍???? | من حلبة ياس نعلن وصول لاعبنا الأوزبكي “أكمل موزجوفوي” ????????
— نادي بني ياس (@BaniyasClub) July 8, 2025
التوازن والسرعة عنوانه والسماوي بيته ومكانه ????#FCBaniyas pic.twitter.com/UjWiuUYeWY
Manba: stadion.uz