Bangkokda boks bo'yicha Osiyo chempionati boshlandi

Tailandda boks bo'yicha U-19 va U-22 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati start oldi.
Qit'amizning 25 mamlakatidan 367 nafar sportchi qatnashayotgan mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda ishtirok etadi.
Mamlakat boks federatsiyasining ma'lum qilishicha, turnirda jami 38 nafar bokschimiz medallar uchun kurash olib boradi. Hamyurtlarimiz bugundan ishtiroklarini boshlashdi.