"Nottingem Forest" o'zining "Nyukasl"ga o'tayotgan vingeri Entoni Elangaga o'rinbosar topib qo'ydi.

Sky Sports xabariga ko'ra, "o'rmonchilar" hozirda PSV sharafini himoya qilayotgan Yoxan Bakayokoni sotib olmoqchi. Transfer 30-40 million evroga baholanmoqda.

Avvalroq, "Nyukasl" Elanga transferi amalga oshmasa, aynan Bakayokoni sotib olmoqchi ekanligi ma'lum bo'lgandi.