"Leyptsig" PSV hujumchisi Yoxan Bakayoko transferini e'lon qildi.

22 yoshli belgiyalik futbolchi bilan 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzolandi. Sky Sports nemis klubi futbolchi uchun 18 million evro va 4 million bonus to'lashi haqida xabar bergan edi.

2024/25 yilgi mavsumda Bakayoko PSV safida 47 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.