Bakayoko APLga o'tishga yaqin turibdi

Angliyaning "Nottingem Forest" klubi PSVning o'ng qanot hujumchisi Joan Bakayokoni nishonga oldi. Bu haqda jurnalist Sebasten Vidal ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, "o'rmonchilar" "Nyukasl"ga ketgan Entoni Elangaga o'rinbosar sifatida ko'rilayotgan 22 yoshli belgiyalik futbolchi uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda. Ta'kidlanishicha, muzokaralar muvaffaqiyatli davom etmoqda, bitim summasi esa 25,3 mln evroni tashkil qilishi mumkin.
2024/25 yilgi mavsumda Bakayoko barcha musobaqalarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, 12 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.