"Liverpul" tarkibni kuchaytirish maqsadida transfer bozoridagi ishlarini davom ettirmoqda. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qilishicha, mersisaydliklar hujumchi Ugo Ekitike uchun ilk rasmiy taklifni bildirgan.

"Ayntraxt" ko'proq narsa xohlashini ta'kidlab, taklifni rad etdi. Ammo bu faqat birinchi shartnoma edi - muzokaralar davom etmoqda.

23 yoshli Ekitikening o'zi "Liverpul"ga o'tishni istamoqda. Shu bilan birga, avvalroq matbuot frantsiyalik futbolchini Angliya Premer-ligasining boshqa klubi - "Nyukasl" bilan faol bog'lagan edi.

Transfermarkt portali Ugo Ekitikeni 75 million evroga baholamoqda.