Tuta Germaniyadan Qatarga ko'chib o'tdi.

"Al-Duhail" klubi "Ayntraxt" himoyachisini sotib olganini e'lon qildi.

Insayder Florian Plettenbergning ma'lum qilishicha, frankfurtliklar bonuslardan tashqari 15 mln evro olishadi.

Braziliyalik futbolchi Bundesligada 5 mavsum o'tkazdi.