"Ayaks" himoyachisi "Chelsi" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi

Londonning "Chelsi" klubi "Ayaks" markaziy himoyachisi Yorrel Xato bilan shartnoma masalasini hal qildi.
Fabritsio Romano xabariga ko'ra, 19 yoshli niderlandiyalik futbolchi "aristokratlar" uchun tibbiy ko'rikdan o'tgan. Bugun u 7 yillik shartnoma imzolashi kerak.
"Chelsi" transfer uchun "Ayaks"ga 40 million evrodan ko'proq mablag' to'laydi.