"Ayaks" futbolchisi uchun "Chelsi"dan 60 million evro so'ramoqda

"Ayaks" Yorrel Xato uchun 60 million evro ishlab olmoqchi.
Avvalroq, ingliz klubi 19 yoshli himoyachi bilan kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Qayd etilishicha, "Chelsi" niderlandiyalik futbolchi uchun 50 million evro to'lashga tayyor.
Ammo "Ayaks" 60 million evro olishni istamoqda.
Yorrel Xato o'tgan mavsumda Niderlandiya chempionatida 31ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va 6ta golga hammualliflik qilgan.