"Lion" tarbiyalanuvchisi, hozirda Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubida o'ynayotgan Xussem Auar frantsuz klubining oliy diviziondagi o'rnini saqlab qolganiga munosabat bildirdi. Eslatib o'tamiz, Frantsiya futbol klublarini nazorat qilish va boshqarish milliy yo'nalishi (DNCG) "Lion"ning apellyatsiyasini qanoatlantirib, moliyaviy muammolar tufayli jamoani Liga 2ga tushirish qarorini bekor qilgandi.

Frantsiya jamoasining sobiq yarim himoyachisi X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida uchta smayl xabarni e'lon qildi: qizil va ko'k yurak va kaftlar duoga ochib, "Lion" sahifasi belgilandi.

Xussem Auar 2023 yilning yozida erkin agent sifatida “Lion”ni tark etdi va “Roma”ga o'tdi. Oradan bir yil o'tib "Al-Ittihod" futbolchining transferi uchun rimliklarga 12 million evro to'ladi.