"Atletiko" yarim himoyachisi klub bilan shartnomasini bekor qiladi va Turkiya chempionatiga yo'l oladi

Saul Niges "Atletiko"ni tark etmoqda.
Yarim himoyachi Madrid klubi bilan shartnomani bekor qiladi va "Trabzonspor"ga o'tadi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. Turk klubi Saul bilan shartnoma imzolaganini keyingi haftada rasman e'lon qilishi kutilmoqda.
Jurnalist Yag'iz Sabuncho'g'lining aniqlik kiritishicha, ispaniyalikning "Trabzonspor" bilan shartnomasi 4 yilga mo'ljallangan.
Saul 2008 yildan beri "Atletiko" tizimida edi. Futbolchi klub safida 6 ta sovrin, jumladan, La Liga, ikkita Evropa Ligasi kubogi va UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan. Ispaniyalik futbolchi 2024/25 yilgi mavsumda "Sevilya"da ijara asosida o'ynadi.