Jakomo Raspadori "Atletiko" futbolchisiga aylandi.

Madrid klubi "Napoli" hujumchisi transferini e'lon qildi. Tomonlar 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolashdi.

Avvalroq kelishuv 22 million evroga teng bo'lishi xabar qilingandi. Yana 4 millioni bonus sifatida to'lanishi mumkin.

O'tgan mavsumda Raspadori A Seriyada 26 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.