"Atletiko"ning chap qanot himoyachisi Samuel Lino "Flamengo"ga o'tishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.

Manbaga ko'ra, kelishuv yakuniy bosqichda, futbolchi bilan shartnoma yaqin 24-48 soat ichida imzolanadi.

25 yoshli braziliyalikning transfer summasi 25 million evroni tashkil etadi.

"Atletiko" 2022 yil yozida Lino uchun "Jil Visente"ga 6,5 million evro to'lagandi. U o'tgan mavsumda 45 ta o'yinda 4 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.